O'zbekiston

Donorlar qanday huquq, imtiyoz va kafolatlarga ega?

SSV bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Donorlar qanday huquq, imtiyoz va kafolatlarga ega?

 

Qonunchilikka ko‘ra, qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi va BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so‘m) miqdorida biryo‘la beriladigan pul mukofoti oladi. Mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish to‘lovidan ozod qilinadi.

 

Qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni donor ana shu kunlar uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.

 

O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, taʼlim oluvchilarning boshqa toifalari qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan kuni mashg‘ulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni o‘tashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadi.

 

Donorga har safar qon topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha 1 kun beriladi. Donor xohishiga ko‘ra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat taʼtiliga qo‘shib berilishi mumkin.

 

Donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar soliq to‘lovchining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi.

 

Donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to‘lov, ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash jumlasiga kiradi;

 

Sog‘lig‘i saqlanishi tibbiyot xodimlari tomonidan kafolatlanadi hamda sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanadi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"