O'zbekiston

Yoz mavsumida qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Yoz mavsumida qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?

 

Ko‘pchilik insonlar hayotida bir marta bo‘lsa ham qon tahlili topshirgan. Shu paytda ular o‘zining qoni to‘q rangga kirib, quyuqlashganiga guvoh bo‘ladi. Ayniqsa, jazirama iqlim sharoitida qonning quyuqlashib ketishi ko‘p uchraydi.

 

Mutaxassislarning fikricha, bu holatga eʼtiborsiz bo‘lish kerak emas. Aksincha, qon tahlillari orqali uning quyuqlashib ketgani aniq bo‘lgach, vaqtida davolanish zarur.

 

Xo‘sh, issiq kunlarda qon quyuqlashishi qanchalik xavfli?

 

Tibbiyot fanlari doktori Orifjon Aripovning maʼlumot berishicha, qon – inson tana aʼzo va to‘qimalarini kislorod hamda zarur ozuqa moddalari bilan taʼminlovchi muhim suyuqlik. U infeksiyalarga qarshi kurashib, ichki aʼzolar faoliyatida ishtirok etadi.

 

Qon quyuqlashishi organizmdagi ana shu jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Oqibatda yashirin kasalliklar yuzaga chiqishi yoki yangilari paydo bo‘lishi mumkin.

 

Ayrim hollarda xastalik yoki tashqi omillar sabab qon tarkibi buziladi va uning keragidan ortiq quyuqlashib ketishi yoki, aksincha, suyuqlashishi kuzatiladi. Uning quyuqlashishi tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

 

Bu esa, o‘z navbatida, insult va infarktga chalinish ehtimolini orttiradi. Qon tarkibining suyuqlashishi esa qon ketishi, bemor tanasida ko‘karish va qon talashlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

 

Ikki holatda ham tezda tibbiy ehtiyot choralarini ko‘rish zarur.

 

Qon quyuqlashishiga ko‘pincha qattiq asabiylashish, qandli diabet, shuningdek shirinliklar, kartoshka, banan, tuxum, gazli ichimliklar, fast-fud va turli qovurma taomlar sabab bo‘ladi.

 

Qolaversa, bu holat kam suyuqlik ichish, havo haroratining ko‘tarilishi yoki keskin pasayishi va organizmdagi ayrim o‘zgarishlar tufayli ham yuzaga keladi.

 

Issiq kunda qon quyuqlashishi tananing suvsizlanishiga bog‘liq. Issiq havoda ter bilan organizmdagi suv bug‘lanib ketadi.

 

Bu qonning quyuqlashishi, uning aylanma harakati qiyinlashishi va tromb hosil bo‘lish xavfi ortishiga sabab bo‘ladi.

 

Natijada insonda bosh og‘rig‘i, jizzakilik, tushkunlik, xotira pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, qo‘l va oyoqlar sovqotishi, og‘iz qurishi kuzatiladi.

 

Yurak tez urishi, nafas qisishi, tananing turli qismlarida ko‘karishlar paydo bo‘lishi va tirnoq shakli o‘zgarishi mumkin. Hatto miyaga qon yaxshi yetib bormasa, bosh aylanishi, hushdan ketish ehtimoli ham mavjud.

 

Bu salbiy holatlar esa tomirlarda qon aylanishining buzilishi va trombozlar hosil bo‘lganidan darak beradi. Oqibatda insult va infarkt xavfi ortadi.

 

Issiq havoda qon quyuqlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli miqdorda suyuqlik ichish zarur. Aynan suv eng yaxshisi, gazlangan ichimliklar emas. Shu bilan bir qatorda, salqin va kuchli bo‘lmagan choy ichish mumkin.

 

Qon holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Agar tibbiy tekshiruvlardan so‘ng uning quyuqligi meʼyordan ortiq ekani maʼlum bo‘lsa, zarur muolajalar tayinlanadi.

 

Biroq qonni suyultiruvchi dori vositalarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas. Sababi uning haddan ortiq suyuqlashishi jarohatlarda qonning to‘xtamay qolishiga olib keladi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"