O'zbekiston

Bola nega ayrim so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi?

Bu bo‘yicha mutaxassis maʼlumot berdi.

Bola nega ayrim so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi?

 

Bola ulg‘aygani sari nutqi ham parallel rivojlanib boradi. Biroq hamma “tili chiqqan” kichkintoylar ham barcha so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi. Xo‘sh, bu qanday omillar bilan bog‘liq?

 

Shaxsning har tomonlama to‘g‘ri rivojlanishida nutq benuqsonligining ahamiyati katta. Biroq doim ham bunday bo‘lavermaydi. Ko‘pincha kichik yoshdagi bolalar orasida nutq buzilishi bilan bog‘liq muammolar uchraydi. Bunga asosan tashqi omillar yoki ota-onalarning eʼtiborsizligi sabab bo‘lishi mumkin.

 

Dislaliya – nutq buzilishining keng tarqalgan turi bo‘lib, bunda kichik yoshli o‘g‘il-qizlar ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi. Yoki bir tovushni ikkinchisiga almashtirib, baʼzida uni o‘tkazib yuboradi.

 

Asosan 3-4 yoshli kichkintoylarda uchraydigan bu kabi nutq buzilishida bola o‘z istaklarini to‘liq va aniq bayon eta olsa-da, baʼzi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi. Masalan “mashina” so‘zini “matina”, “shirinlik” so‘zini esa “tirinlik” deb aytishi mumkin.

 

Dislaliyaning 2 xil – funksional va mexnik turlari bor. Mexanik turiga asosan bola og‘zidagi nutq apparatida (tishlar joylashuvi, jag‘lar shakli) kamchiliklar, tanglayning tartibsiz tuzilishi, qalin lablar sabab bo‘ladi.

 

Funksional dislaliyani esa bolaning o‘tkir kasalliklarni boshdan kechirganligi, oilada ikki tilda so‘zlashish, farzand nutqini noto‘g‘ri tarbiyalash, u bilan kam suhbatlashish, kichkintoy bilan gaplashganda so‘zlarni “bolalarcha” talaffuz qilish va unda fonemik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi kabi omillar keltirib chiqaradi.

 

Mexanik dislaliya tashxisi qo‘yilgan bolani ortodont va logoped mutaxassislar birgalikda davolashi lozim. Buning uchun kichkintoyga og‘iz orqali bajariladigan maxsus mashg‘ulotlar tavsiya etiladi. Ayrim vaqtlarda esa shifokor ko‘rsatmasi bilan jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi.

 

Funksional dislaliya 5 yoshgacha davolanmaydi. Agar bola shu davrga qadar baʼzi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lsa, u bilan to‘g‘ri va ravon so‘zlashish orqali muammoni bartaraf etish mumkin. Bunda kichkintoyga sheʼr yodlatish, qo‘shiqlar eshittirish yaxshi foyda beradi. Biroq bola 5 yoshga to‘lgach ham “quyosh” so‘zini “quyos” deyayotgan bo‘lsa, uni, albatta, shifokorga ko‘rsatish zarur.

 

Mazkur holatda logoped jajji bemorga og‘iz mashg‘ulotlarini o‘rgatish va talaffuz qila olmayotgan tovushlarni to‘g‘ri aytishga ko‘maklashadi. Yaʼni maxsus logopedik yo‘llar bilan bu tovushlarni kichkintoy nutqida mustahkamlaydi.

 

Shuningdek, bola nutqini rivojlantirishda og‘iz mushaklarini kuchaytirish yaxshi samara beradi. Buning uchun kichkintoyga sabzi, olma, qotgan non yoki turshak kabi yeguliklardan berib turilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"