O'zbekiston

Yurak tez urishi, qo‘llardagi titroq zaharli buqoq alomatimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Yurak tez urishi, qo‘llardagi titroq zaharli buqoq alomatimi?

 

Aksariyat endokrinologik kasalliklar og‘ir asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Shulardan biri buqoqdir.

 

Buqoq qalqonsimon bezning kattalashuvi bilan kechuvchi xastalik. Kasallik ushbu aʼzoning gormonal faoliyati kuchayishi, susayishi yoki o‘zgarmasligi bilan namoyon bo‘ladi. Buqoq haqida gapirishdan avval, mazkur bez haqida qisqacha maʼlumot berib o‘tsam.

 

Qalqonsimon bez — bo‘yinning old qismida joylashgan. U tiroksin va triyodtironin gormonlarini ishlab chiqarish orqali tanadagi ko‘plab jarayonlar, xususan, asab, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak va suyak-tayanch tizimlari faoliyatini boshqaradi. Hatto miyaning normal ishlashi ham qalqonsimon bez faoliyatiga bog‘liq.

 

Qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaruvchi bir qator omillar mavjud. Bularga turli autoimmun va infeksion kasalliklar, yod tanqisligi, stress, intoksikatsiya, oqsil va vitaminlar yetishmasligini misol qilish mumkin.

 

Qalqonsimon bezdagi o‘zgarishlarning xususiyatiga ko‘ra, diffuz buqoq, tugunli buqoq va aralash turlari tasniflanadi. Qalqonsimon bez gormonal faoliyatiga ko‘ra, diffuz buqoq, o‘z navbatida, gipotireoz, eutireoz va diffuz-toksik (gipertireoz) shakllarga bo‘linadi.

 

Jumladan, uning diffuz-toksik turi xalq orasida zaharli buqoq deb ham ataladi. Mazkur xastalikka qalqonsimon bezning kattalashishi va unda gormonlarning meʼyordan ortiq ishlab chiqarilishi sabab bo‘ladi.

 

Bunda bemorlar asabiylik, yurak tez urishi, bezovtalik, ozish, soch to‘kilishi, teridagi turli toshmalar, qizib ketish, ko‘p terlash, qo‘llarda titroq, ko‘zlarning kattalashishidan shikoyat qiladi.

 

Qolaversa, bu dardga chalinganlar uyqusizlikdan qiynaladi. Kasallikka tashxis qo‘yish laborator-qon tahlillari va instrumental tekshiruvlar natijasida amalga oshiriladi.

 

Bugungi zamonaviy tibbiyot zaharli buqoqni 3 xil usulda davolashni taklif etadi. Bular medikamentoz davo, yaʼni dori-darmon bilan, shuningdek radioaktiv yod hamda jarrohlik usullaridir.

 

Agar tegishli tekshiruvlardan so‘ng zaharli buqoq tashxisi qo‘yilsa, bemor shifokor qatʼiy nazorati ostida davolanishi lozim. Aks holda kasallik organizmda turli og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"