O'zbekiston

Kapital jalb qilishning yangi markazi: O‘zbekiston va Ozarbayjon

Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mintaqasi Yevroosiyoda tez rivojlanayotgan investitsiya markaziga aylanmoqda.

Kapital jalb qilishning yangi markazi: O‘zbekiston va Ozarbayjon

 

Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Yevroosiyoning eng jadal rivojlanayotgan investitsiya markazlaridan biriga aylanmoqda. Mintaqada o‘zaro savdo hajmi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yil sayin barqaror tarzda o‘sib bormoqda.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon uchun siyosiy mushtaraklik, logistika va maqsadli kapital jalb etishni birlashtiruvchi yangi investitsiya koridori shakllanmoqda. Ushbu koridor Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajarib, texnologik va sanoat hamkorligi uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

 

Savdo o‘sishi va institutsional asos

Ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga chiqmoqda: 2025-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar soni 2024 yilga nisbatan 20-30 foizga oshdi. Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmini “Made in Central Asia” sanoat xablari va ishlab chiqarish zanjirlarini integratsiya qilish orqali 20 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

 

Siyosiy qo‘llab-quvvatlash natijasida mazkur jarayonlar barqarorlashmoqda. Hukumatlararo komissiyalar, biznes kengashlar va davlat rahbarlarining muntazam tashriflari uzoq muddatli investitsiya kun tartibini shakllantirib, g‘oyalarni aniq loyihalarga aylantirmoqda.

 

Investitsiya oqimlari

So‘nggi sakkiz yil ichida O‘zbekiston 120 milliard dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, 2026-yilda esa qo‘shimcha ravishda yana 50 milliard dollar jalb etish rejalashtirilgan. Asosiy yo‘nalishlar — sanoat, qurilish, energetika va qishloq xo‘jaligi. Shu bilan birga, texnologiyalarni o‘zlashtirish va eksport salohiyatiga ega loyihalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Xalqaro investorlar O‘zbekiston va Ozarbayjonga tobora katta qiziqish bildirmoqda. Masalan, “Bloomberg” maʼlumotlariga ko‘ra, “Citibank” va “JPMorgan” kabi yirik banklar O‘zbekistonni investitsiya kiritish uchun istiqbolli bozor sifatida ko‘rmoqda, Ozarbayjondagi infratuzilma loyihalari esa global kapital eʼtiborini jalb qilmoqda.

 

AUIK va qo‘shma tashabbuslarning ahamiyati

Ozarbayjon – O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIK) investitsiyalarni muvofiqlashtirishning muhim mexanizmlaridan biriga aylanmoqda. Kompaniya, asosan, O‘zbekiston va Ozarbayjon hududidagi uzoq muddatli o‘sish salohiyatiga ega loyihalarga eʼtibor qaratmoqda.

 

Kompaniya strategiyasi barqaror tarmoqlar hamda yuqori texnologik salohiyatga ega yangi sohalarni uyg‘un rivojlantirishga asoslangan. Ustuvor yo‘nalishlar qatoriga sog‘liqni saqlash, logistika, sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, moliyaviy texnologiyalar, IT, taʼlim va energetika kiradi. Kompaniyaning so‘nggi investitsiyalariga quyidagilar misol bo‘la oladi.

 

·  “Engineering+” bilan hamkorlikda ICE+ immersion sovitish texnologiyasi asosida yangi avlod data-markazlari uskunalarini mahalliylashtirish uchun 1,7 million dollar investitsiya kiritildi. Loyiha mikrodata-markazlar va sunʼiy intellekt vazifalari uchun serverlarni ishlab chiqarishni qamrab oladi. Mahsulotlar ichki bozor bilan birga Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport qilishga mo‘ljallangan.

 

·  Toshkentdagi “American University of Technology” rivoji uchun “Cintana Education” va “Arizona State University” bilan hamkorlikda 2 million dollar investitsiya yo‘naltirildi. Mablag‘lar kampusni modernizatsiya qilish va universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadi.

 

·  O‘zbekistonning tez rivojlanayotgan chakana savdo tarmoqlaridan biriga 15 million dollar investitsiya kiritildi. Ushbu mablag‘lar tarmoqni kengaytirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va samaradorlikni oshirishga yo‘naltiriladi.

Hozirgi vaqtda yana 15 ta istiqbolli loyiha ko‘rib chiqilmoqda.

 

Logistika — investitsiya koridorining asosi

Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyoni bog‘lovchi strategik yo‘nalish hisoblanadi. 2025-yil yanvar-sentabr oylarida Ozarbayjon orqali yuk tashish hajmi 2,65 million tonnaga yetib, 6 foizga oshdi. Shu davrda Boku porti orqali konteyner tashuvlari hajmi 40 foizga ko‘paydi.

 

Ushbu koridor tranzit yo‘nalishlarini takomillashtirish, anʼanaviy marshrutlarga qaramlikni kamaytirish va Yevropa Ittifoqi, Xitoy hamda Janubiy Osiyo bilan aloqalarni mustahkamlash imkonini bermoqda. Bu esa mintaqani xalqaro kapital uchun yana-da jozibador qilib, yangi tarmoqlar rivojini rag‘batlantirmoqda.

 

Kapital harakati istiqbollari

2030-yilga borib O‘zbekiston – Ozarbayjon tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, “yashil” energetika, sanoat va logistika sohalaridagi investitsiya portfeli kengaymoqda. Koridor eksport salohiyatiga ega texnologik loyihalar uchun strategik platformaga aylanib bormoqda.

 

Istiqbollarni amalga oshirishda muhim qadamlardan biri — ikki davlat korxonalari va biznes tuzilmalari o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar uchun 10 milliard dollarlik investitsiya paketini shakllantirishdir. Ushbu paket sanoat, infratuzilma va texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun amaliy mexanizm vazifasini bajarib, texnologiyalarni o‘zlashtirish va eksport salohiyatini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.

custom img

Akademik Akmal Saidov Nukusdagi seminar-treningda ishtirok etdi

Nukus shahrida “Xalqaro standartlar va milliy qonunchilik” mavzusida seminar-trening boshlandi. Ushbu seminar-trening boshqa hududlarda ham o‘tkaziladi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi va Albaniya Birinchi xonimi uchrashdi

Armanda Begay Ko‘ksaroydagi uchrashuv doirasida o‘zbek xalqining milliy san’ati, urf-odatlari hamda “Kelin salom” marosimi bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda 94 turdagi tovar bozorida mahalliy mahsulotlar ulushi past — Raqobat qo‘mitasi

O‘rganilgan 105 ta bozorning 55 tasida to'yinganlik darajasi past ekanligi aniqlandi.

custom img

Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi

Yangi nom beriladigan ko‘cha “O‘zbek–Turk do‘stligi” xiyoboni yaqinida joylashgan.

custom img

TXIF-2026 doirasida xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq mamlakatdan delegatlar ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston vakili ketma-ket ikkinchi bor COOMET Prezidenti etib saylandi

Ilk bor O‘zbekiston vakili 2024-yilda tashkilot rahbarligiga saylangan.

custom img

Toshkentda jinoyat ishlarini “hal qilib berish”ni va’da qilgan IIO xodimiga jinoyat ishi ochildi

U restorandagi yong‘in oqibatida ishchi jarohat olgan holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatib berish uchun pul talab qilgan.

custom img

2025-yilgi OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 million so‘mni qayd etdi

Eng yuqori o‘rtacha ish haqi biznes va boshqaruv, huquq hamda AKT yo‘nalishlari bitiruvchilarida kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"