Britni Spirs ajrashdi
Bunga xiyonat sabab bo'lgani aytilmoqda.

Amerikalik qo'shiqchi Britni Spirs va uning turmush o'rtog'i Sem Asgari xiyonat ayblovlari bilan bog'liq janjaldan keyin ajralishdi.
TMZ xabariga ko‘ra, Asgari qo‘shiqchini xiyonatda ayblaganidan so‘ng er-xotin taxminan bir hafta oldin katta janjal qilgan. Qayd etilishicha, u Spirs bilan birga yashagan uydan narsalarni olib ketgan.
“Semning ajrashish uchun ariza berishi vaqt bilan bog'liq masala”, deb yozadi manba.
Nashrning xabar berishicha, so'nggi oylarda er-xotinning munosabatlari risoladagidek bo'lmagan: Asgari Britni bilan birga yashaydigan uyga deyarli kelmaydi. Agar bu holat sodir bo'lganda ham qo'shiqchi qichqirib, janjal chiqaradi.







