O'zbekiston

Go‘dakni qachon ona sutidan ajratish mumkin?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Go‘dakni qachon ona sutidan ajratish mumkin?

 

Ona suti — go‘dakning sog‘lom ulg‘ayishida bebaho ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni yuqumli xastaliklardan himoyalovchi immun tanachalar, hazm jarayonini yaxshilovchi fermentlar hamda boshqa ko‘plab foydali elementlar mavjud.

 

Ammo baribir ertami-kech emizikli ayollar bolakayni ona sutidan ajaratish bilan to‘qnash keladi. Baʼzi kichkintoylar bu davrdan oson o‘tsalar, ayrimlarda esa o‘rgangan odatidan voz kechish biroz qiyin kechadi. Xo‘sh, bu vaziyatda onalar qanday yo‘l tutishlari lozim?

 

Mutaxassis fikricha, bolani 6 oygacha ko‘krak suti bilan parvarishlash shart. Agar go‘dak 2 yoshgacha emizilsa, u turli kasalliklardan himoyalanadi.

 

Bunday bolalarning jismoniy va aqliy salohiyati yaxshi rivojlanadi. Shu bilan birga, immuniteti mustahkam bo‘lib, ularning qandli diabet, leykoz, meʼda faoliyati bilan bog‘liq turli xil kasalliklarga chalinish xavfi nisbatan kamayadi.

 

Afsuski, baʼzi ayollar 1 yoshdan o‘tgandan keyin bolani emizish befoyda deb o‘ylaydi. Vaholanki, aynan 1 va 2 yosh oralig‘ida kichkintoy organizmi uchun ona suti juda zarur. Shu sababdan har doim ularga bu paytda o‘z farzandlarini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi lozimligini uqtiramiz.

 

Kichkintoyni ko‘krakdan ajratish ona va bolaning o‘zaro munosabatlaridagi muhim bosqich. Shu bois masalaga ancha ehtiyotkor yondashish lozim.

 

Misol uchun, unga qo‘shimcha ovqat berishni 6-8 oylikdan boshlab, bu vaqtda emizishlar sonini asta-sekin kamaytirib borish, buning o‘rniga esa oz-ozdan qo‘shimcha ovqat berib borilishi maqsadga muvofiq. Bu esa go‘dakni ona sutidan ajralishini osonlashtiradi.

 

Shu bilan birga, kichkintoyning eʼtiborini boshqa narsalarga jalb qilish, u bilan ko‘proq jismoniy va psixologik aloqada bo‘lish zarur. Ko‘pi bilan ikki xafta mobaynida sutdan chiqarishga erishish mumkin.

Go‘dak injiqlanib, emishni istasa, unga tayyor bo‘tqa, nimtatir shirin choy yoki mevali sharbatlar berish tavsiya qilinadi.

 

Ko‘pchilik onalar dilbandini yaqin qarindoshinikiga berib, uni emizishdan chiqarmoqchi bo‘ladi. Biroq bu unachalik to‘g‘ri usul emas. Aksincha, dilbandining yonida bo‘lib, kichkintoy hayotidagi bu o‘zgarishni u bilan birga qarshi olish farzandning kelajak hayoti uchun muhim.

 

Eng yaxshi muddat bolani kuz va bahor faslida ko‘rak sutidan ajratish mumkin. Yozda esa ona suti bolkayni turli xil meʼda infeksiyalaridan himoyalaydi.

 

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"