O'zbekiston

O‘zbekistonda paxta qulligi tugadi, terim endi “jazo” emas

Italiyaning Corriere della Sera nashri O‘zbekistonda paxta terimi boshlanayotgani haqida yozib, dalada majburiy mehnatga barham berilganini eʼtirof etdi.

O‘zbekistonda paxta qulligi tugadi, terim endi “jazo” emas

 

Italiyaning Corriere della Sera nashri O‘zbekistonda paxta terimi boshlanayotgani haqida yozib, dalada majburiy mehnatga barham berilganini eʼtirof etdi.

 

Bir necha kundan so‘ng O‘zbekistonda paxta terimi boshlanadi, bu amaliyot o‘nlab yillar davomida majburiy mehnat bo‘lib kelgan, o‘g‘it va pestitsidlar esa tuproqqa zarar yetkazgan, deyiladi maqola boshida. Paxta plantatsiyalarini sug‘orish maqsadida Amudaryo oqimining o‘zgarishi suv sathining kamayishiga olib keldi — Orol dengizi asta-sekin quridi. Uning o‘rnini Orolqum cho‘li egalladi, ilgari paxta dalalarida gerbitsidlar intensiv ishlatilgani sabab hozir cho‘l qumlarida ifloslantiruvchi moddalar mavjud. G‘arb va sharqqa esadigan shamollar qumlarni olis masofalarga olib ketadi. Qumdagi pestitsidlar Rossiyada, Norvegiya o‘rmonlarida, Grenlandiya muzliklarida va hatto Antarktidadagi pingvinlarning qonida topilgan.

 

Sovet davrida, yaʼni 1991 yilgacha paxta plantatsiyalari ikki million gektardan ortiq maydonni — O‘zbekistondagi ekin maydonlarining 98 foizini egallagan. Yillik ishlab chiqarish taxminan 4,5 million tonna paxta xom ashyosini tashkil etgan, yaʼni SSSRdagi umumiy ishlab chiqarishning 60 foizidan ortiq.

 

Paxta O‘zbekiston aholisi uchun jazo ham edi, chunki yarim million katta yoshli aholi, ikki million bolalar hosilni terib olishga majbur bo‘lardi, deyiladi maqolada. “Hamma paxta terimiga tayyor” shiori ostida dalaga chiqish asosiy vazifa bo‘lgan, bundan qochishga imkon yo‘q edi. Boshqa barcha ishlar ortga tashlangan. Universitetlar, maktablar va kasalxonalar yopilgan. Shifokorlar, hamshiralar, o‘qituvchilar va talabalar yeng shimarib, paxtaga chiqishga majbur bo‘lgan. Viloyatlar o‘rtasidagi musobaqada butun o‘zbek jamiyati ishtirok etar, bu musobaqa mahalliy televideniye orqali ham namoyish etilardi. Oq oltinni eng ko‘p tergan viloyat g‘olib deb topilardi.

 

Yaqin haftalarda O‘zbekistonning paxta dalalarida na shifokorlar, na o‘qituvchilar va universitet professorlar, na bolalar bo‘ladi. Xalqaro mehnat tashkiloti (Jenevada joylashgan XMT) Jahon banki bilan hamkorlikda o‘tkazgan tekshiruvga muvofiq, 2021 yilgi ishlab chiqarish siklida Toshkent nihoyat majburiy mehnatga barham berishga muvaffaq bo‘ldi. XMT maʼlumotlari eʼlon qilinishi bilan bir vaqtda jahonning eng yirik to‘qimachilik kompaniyalari o‘zbek paxtasiga boykotni olib tashladi va Markaziy Osiyoda O‘zbekiston uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.

 

Sentyabr oyining o‘rtalaridan dekabr oyining oxirigacha paxta terimi endi majburiyat bo‘lmas ekan, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi ishlarga sadoqatini ifodalaydi, deydi Italiya gazetasi. 2016 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Mirziyoyev XMTning majburiy va bolalar mehnatiga qarshi konvensiya sini darhol ratifikatsiya qildi, so‘ng asosiy eʼtiborni iqtisodiyotni liberallashtirish va qo‘shni davlatlar bilan diplomatik munosabatlarni yaxshilashga qaratdi.

 

Bugun O‘zbekiston dehqonlari o‘zlari xohlagan mahsulot yetishtirishi, hattoki mahsulotini eksport qilishi mumkin. Yerga ishlov bermoqchi bo‘lganlar, paxta terishni istaganlar bularni haq evaziga bajaradi. Keyingi yillarning yana bir yangiligi – klasterlar, yaʼni vertikal ishlab chiqarish bo‘linmalari paxta yetishtirishdan boshlab, paxta tolasi, gazlama, so‘ngra eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishmoqda. O‘zbekiston endi paxtani emas, ko‘pincha G‘arbning yirik kompaniyalari brendi tushirilgan tayyor mahsulotlarni eksport qilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"