Jahon

Sayyoramiz plastik qobiq bilan o‘ralmoqda

Tomirlarimizda oqayotgan qonimiz, o‘pkamizdagi havo va hatto homila platsentasi tarkibida ham plastik mavjud.

Sayyoramiz plastik qobiq bilan o‘ralmoqda

 

Yaponiyalik olimlar bulutlar tarkibida mikroplastik borligini aniqladi. Ular namunalarni olish uchun mamlakatdagi eng baland Fudzi tog‘i cho‘qqisiga chiqqan.

 

Shuningdek, taqdqiqotlilar Toteyama tog‘i ustidagi bulut suvlaridan ham namuna olgan.

 

Tadqiqot natijalari Environmental Chemical Letters jurnalida chop etildi. Xulosalar plastik Yer sayyorasi ekotizimlarining katta qismiga kirib ulgurganini ko‘rsatdi.

 

Ular namunalarni 1300 dan 3776 metr balandlikda to‘plagan. Fuzdi tog‘i cho‘qqisi erkin troposferada, Oyama tog‘i cho‘qqisida esa atmosferaning eng quyi, chegara qatlamlarigacha yetadi.

 

Olimlar zamonaviy usullar yordamida namunalar tarkibidagi mikroplastik miqdorini aniqlashga kirishdi.

 

Ular polimerning 9 turi va rezinaning bir turi bulutlar tarkibida mavjudligiga guvoh bo‘ladi. Bir litr bulut suviga 14 tagacha plastik zarrasi to‘g‘ri keladi. Ularning hajmi 7 dan 95 mikrometrgacha yetadi. Bu inson soch tolasidan ham kattaroq zarra degani (soch tolasi qalinligi 80 mikrometrni tashkil etadi).

 

Hatto sayyoramizning eng chekka hududlarida ham 5 mmdan kichik bo‘lgan plastik zarralar aniqlangan. Plastik inson organizmida ham mavjud. Tomirlarimizda oqayotgan qonimiz, o‘pkamizdagi havo va hatto homila platsentasi tarkibida ham plastik mavjud.

 

Yaponiyalik olimlar o‘tkazgan tajriba esa birinchi marta plastik erkin troposfera va atmosferaning chegara qismlarigacha yetib borgani isbotlandi. Bu esa iqlim o‘zgarishiga ulkan taʼsir ko‘rsatadi.

 

Bulutdagi mikroplastik iqlim o‘zgarishiga qanday taʼsir o‘tkazishi mumkin?

 

Tabiatan plastik gidrofob, yaʼni namlikni itaruvchi material sanaladi. Ammo ultabinafsha nurlar taʼsirida u gidrofil, yaʼni, namliksevar materialga aylanadi. Ularning bulut tarkibida bo‘lishi bulut muzi va suvining kondensatsiyaga uchrashiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, tog‘ havosidagi mikroplastik bulutlar shakllanishiga va shu orqali iqlim o‘zgarishiga taʼsir qila oladi.

 

Bundan tashqari mikroplastikning erkin troposferada bo‘lishi global ifloslanishga olib keladi.

 

Vaseda universiteti yetakchi tadqiqotchisi Xiroshi Okochi havo tarkibidagi migroplastik muammosini zudlik bilan yechish kerakligini aytmoqda.

 

"Aks holda ekologik tahdidlar reallikka aylanib, atrof-muhitga jiddiy zarar yetadi" , - deydi u.

 

Plastik zarralar atmosferaga qanday chiqqan?

 

Havo ifloslanishi manbalari juda ko‘p: kosmetika vositalaridan o‘g‘itlargacha, plastik idishlardan paketlargacha - bularning bari zarralarga bo‘linib, atmosferagacha yetib borishi mumkin.

 

Yo‘ldagi chang, axlatxonalar, shinalarning yemirilishi va hatto sunʼiy chim ham havoga plastik aralashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Buning ustiga, bug‘lanish jarayonida okeandagi mikroplastik ham atmosferaga chiqa oladi.

 

Shu paytgacha bu zarralarning dengiz va quruqlikka yetkazadigan zarari ko‘p o‘rganilgan. Ammo havoning plastik bilar ifloslarini haqidagi ilmiy ishlar kam.

 

Ammo mikroplastikning bulut tarkibida topilgani biz isteʼmol qilayotgan mahsulotlar ham allaqachon plastik bilan ifloslanganini anglatadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Sayyoramiz plastik qobiq bilan o‘ralmoqda | Zamon.uz