O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti

Ayrim joylarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

Bugun O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti

 

"O‘zgidromet" 12 oktyabr kuni rеspublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 14-16, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 11-16, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 11-16, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29  daraja iliq bo‘ladi.

 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 12-17, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"