Erta boshlangan qish: Qamchiq dovonida qor yog‘di
"Pereval"da havo harorati 0 darajadan pasaygani aytilmoqda.

Qamchiq dovonida 13-oktabr kuni erta tongda qor yog‘di. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 13-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi, tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turishi, tog‘larda baʼzi joylarda qor yog‘ishi to‘g‘risida xabar bergandi.







