O'zbekiston

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

 

O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasidagi ayrim nafaqalarni tayinlash va to‘lashning yangi tartibi joriy etildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik) nafaqalari tayinlangach, tegishli mablag‘lar fuqaroning “Baraka” ijtimoiy kartasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkaziladi.

 

Agar fuqaroning “Baraka” ijtimoiy kartasi mavjud bo‘lsa, nafaqa mablag‘lari qo‘shimcha ariza yoki murojaatlarsiz avtomatik ravishda kartaga o‘tkaziladi. Bunda bankka borish, alohida hisob raqami ochish yoki qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish talab etilmaydi.

 

“Baraka” kartasi mavjud bo‘lmagan fuqarolar uchun esa nafaqa tayinlangach, “Baraka” mobil ilovasi orqali virtual ijtimoiy karta avtomatik ravishda ochiladi. Tayinlangan mablag‘lar ushbu virtual kartaga o‘tkaziladi.

 

Fuqaro “Baraka” mobil ilovasi orqali ijtimoiy karta va unga kelib tushgan nafaqa mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borishi mumkin.

 

Shuningdek, jismoniy plastik karta zarur bo‘lgan taqdirda, uni mobil ilova orqali buyurtma qilish mumkin. Kasallik nafaqasi tayinlangan fuqarolarga “Baraka” ijtimoiy kartasi bepul rasmiylashtiriladi.

 

Yangi tartib nafaqa olish jarayonini soddalashtirish, ortiqcha murojaat va hujjatbozliklarning oldini olish hamda ijtimoiy sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirishga qaratilgan.

 

Fuqarolarga nafaqa tayinlanganidan so‘ng “Baraka” mobil ilovasini tekshirib, karta va to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish tavsiya etiladi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Toshkentda suv ta’minotida uzilishlar bo‘ladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida suv tarmoqlarida olib boriladigan rejali ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish: qaysi hududda qancha xizmat ko‘rsatildi?

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,4 foizga o‘sdi.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.