O'zbekiston

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh vatandoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda davlat rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi.

 

 

Prezident ta’kidlaganidek, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqdir. Fermer va dehqonlar, ustozlar, shifokorlar, olimlar, sanoatchi va tadbirkorlar, quruvchi va arxitektorlar, madaniyat, san’at va sport sohasi vakillari, davlat xizmatchilari, nuroniylar, mahalla faollari, harbiylar hamda huquq-tartibot xodimlarining mehnati alohida qayd etildi.

 

 

So‘nggi o‘n yilda mamlakatga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kirib kelgani, iqtisodiyot hajmi 2,5 barobardan ziyod oshgani ta’kidlandi. Joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 180 milliard dollardan oshirish maqsad qilingan.

 

 

Shuningdek, sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 mingta doimiy ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.

 

 

Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 500 ming o‘rinli maktablar, 342 ming o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 62 ming o‘rinli shifoxonalar barpo etilgan. 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurilgan va ta’mirlangan. 8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berilgan, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilangan. O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi uy-joyga ega bo‘lgan.

 

 

Tadbirda ana shu o‘zgarishlarga munosib hissa qo‘shayotgan 558 nafar fidoyi inson mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangani ma’lum qilindi.

 

 

Mukofotlanganlar orasida Xorazm viloyatida ko‘p yillar davomida bunyodkorlik ishlariga hissa qo‘shib, bugun nuroniylarga boshchilik qilayotgan Rustam Sultonov, Surxondaryoda cho‘llarni o‘zlashtirish va dehqonchilikni rivojlantirishga umrini bag‘ishlagan mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonov bor.

 

 

Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi bo‘lib ishlayotgan G‘ulomjon Turonov “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

 

 

Paxtachilik va g‘allachilikda yuksak natijalarga erishgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, pillachilikda yuqori hosil olayotgan buxorolik Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, naslchilikni rivojlantirayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya tejamkor tizimlarni tatbiq etishga hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning mehnati ham munosib e’tirof etilgan.

 

 

Prezident davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi.

 

 

Marosimda davlat rahbari mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Talablarga moslashish uchun issiqxonalarga muddat berilgan, ekologik modernizatsiya xarajatlarining bir qismi esa davlat tomonidan qoplanadi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

O‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi: Ohangarondagi maktabda holat o‘rganilmoqda

Shuningdek, unga avval ham qo‘pol munosabatda bo‘lingani haqidagi ma’lumotlar tekshirilmoqda.