Andijonda tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
U 1000 AQSH dollari evaziga fuqaroni ishga joylashtirmoqchi bo‘lgan.

Andijonda ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan dispetcher va iqtisodchi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
RTTYOM Andijon viloyati filiali Call-markazi dispetcheri M.A. fuqaro M.Q.ni 1 500 AQSH dollari evaziga ushbu Sall-markazi‘ga ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan va 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda RTTYOM Andijon viloyati filiali iqtisodchisi D.U. o‘z xizmat xonasida m.A.dan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







