2025 yildan “Toshkent–Xiva” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
2026 yildan ushbu yo‘nalish Nukus shahrigacha uzaytiriladi.

2025 yildan boshlab “Toshkent–Xiva” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasidagi nutqida maʼlum qildi.
“Toshkent–Samarqand” va “Navoiy–Buxoro” yo‘nalishlari uchun yana 6 ta tezyurar poyezd olib kelinadi.
Shuningdek, 600 kilometr qo‘shimcha temir yo‘llar quriladi.
2025 yildan boshlab “Toshkent–Xiva” tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 2026 yildan esa ushbu yo‘nalish Nukus shahrigacha uzaytiriladi.







