Jahon

Qirg‘izistonga sayyohlarning kirish qoidalari kuchaytirildi

Mamlakat chet ellik sayyohlar uchun “visa-run”ni bekor qildi.

Qirg‘izistonga sayyohlarning kirish qoidalari kuchaytirildi

 

Qirg‘iziston chet ellik sayyohlarning kirishi va bo‘lishi bilan bog‘liq qoidalarni kuchaytirdi. Shuningdek, “visa-run”ni (chegaradan tashqariga qisqa muddatga chiqish orqali mamlakatda qolish muddatini qayta tiklash imkoniyatini) bekor qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Aniqlik kiritilishicha, Qirg‘izistonda 60/120 tamoyili bo‘yicha vizasiz rejim joriy etiladi. Bu shuni anglatadiki, mamlakatni tark etgandan so‘ng, odam faqat 60 kundan keyin unga qaytishi mumkin.

 

Shu bilan birga, respublikada 90 kun davomida vizasiz qolishga ruxsat berilgan sayohatchilar Qirg‘izistonni tark etgan taqdirdagina xuddi shunday muddatdan keyin yana qaytishi mumkin bo‘ladi.

 

"Yangi o‘zgarishlar Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining migratsiya oqimini yana-da samarali boshqarishni taʼminlash va mamlakatning umumiy xavfsizligini yaxshilash istagini aks ettiradi", — deyiladi TIV bayonotida.

 

Avvalroq, Qozog‘istonda ham sayyohlar uchun “visa-run” bekor qilingan edi. 2023 yil yanvar oyidan boshlab mamlakatga vizasiz kelgan xorijliklar 180 kunlik bir kalendar davrida maksimal 90 kun qolishi mumkin. Buni yiliga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.

custom img

Xitoyga “Delfin” tayfuni yopirildi: 1 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat oqibatida olti kishi jarohatlangan, 50 mingdan ortiq bino elektr ta’minotisiz qolgan.

custom img

Kuba energetika inqirozi fonida quyosh energiyasiga o‘tishni tezlashtirmoqda

Mamlakatda so‘nggi ikki yil ichida 59 ta quyosh elektr parki qurilgan, hukumat esa ularning sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.

custom img

Rossiyaning yana 11 hududida migrantlar uchun “Amina” ilovasi majburiy bo‘ladi

"Amina” mobil ilovasi ishlatmagan migrant migratsiya rejimini buzgan deb hisoblanib, mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.

custom img

Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy aks etgan video e’lon qilindi

Lavha qachon va qayerda suratga olingani ma’lum qilinmagan.

custom img

Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi

Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.

custom img

BAA Eronni ADNOC tankeriga Hormuz bo‘g‘ozida raketa bilan zarba berishda aybladi

Hujum ortidan Fors ko‘rfazi davlatlari Eronni qoralab, bo‘g‘ozni xalqaro kemalar qatnovi uchun ochiq saqlashga chaqirdi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHdan kompensatsiya talab qilmoqda

Tehron va Oman bo‘g‘oz orqali vaqtinchalik kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda.

custom img

Lionel Messining otasi vafot etdi

Xorxe Messi Lionel Messining futbolchilik faoliyati davomida uning vakili va agenti sifatida ham faoliyat yuritgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"