Uzbekistan Airports‘ning Silk Avia‘dagi ulushi Uzbekistan Helicopters‘ga o‘tdi
“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
Silk Avia MCHJ ustav kapitalidagi Uzbekistan Airports AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda Uzbekistan Airways AJ tarkibidagi Uzbekistan Helicopters MCHJ ustav kapitaliga o‘tkaziladi;
Uzbekistan Airports AJning 3 ta ATR72-600 rusumli havo kemasi Silk Avia MCHJga beg‘araz o‘tkaziladi;
Silk Avia MCHJ faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida ATR72-600 rusumli havo kemalari soni oshiriladi;
Uzbekistan Airways AJ tarkibidagi Uzbekistan Helicopters MCHJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish hamda ATR72-600 rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.







