Diyorbakirda Sur madaniyati yo‘li festivali bo‘lib o‘tmoqda
Festival 22 oktyabrgacha davom etadi.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan uyushtirilgan, dunyoning keng qamrovli madaniyat va sanʼat loyihalaridan biri bo‘lgan Turkiya Sur madaniyati yo‘li festivallari davom etmoqda.
Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad Turkiyaning madaniy qadriyatlari, meʼmorchiligi, tarixi, madaniyati va sanʼatini odamlarga tanishtirishdir.
Ushbu festivallarda qator davlatlar, jumladan, turkiy tilli davlatlardan jurnalistlar, videoblogerlar, nufuzli media agentliklari vakillari ishtirok etdi.
2023 yilda ushbu festival turli oylarda Kappadokiya Balon, Sumela, Palando‘ken, Troya, Gastroantep, Bashkent, Konya, Beyo‘g‘luda o‘tkazilgan, 11 ta turli shaharda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
14 oktyabr kuni Diyorbakirda Yo‘l madaniyati festivali boshlandi. Festival 22 oktyabrgacha 9 kun davom etadi.
Festival davomida Diyorbakirning masjid va cherkovlar, Ichkale muzey majmuasi, O‘ngo‘zko‘ ko‘prigi, Ulu masjidi, Hasanposha Xon kabi YUNESKO Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy tarixiy maskanlar bilan hamma tanishish mumkin.
Keyinchalik bu festivallar dekabr oyida Izmir va Antaliyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuni ham taʼkidlash kerakki, 2021 yil oktyabr oyida Istanbul Beyo‘g‘lu Sur madaniyat yo‘li festivali bilan boshlangan Turkiyaning madaniy yo‘nalish festivallari 2022 yilda Anqara Boshkent, Chanaqkale Troya, Diyorbakir va Konya musiqa festivali, Nevshehir Kappadokiya kabi 5 ta shaharda tashkil etilgan.







