Temiryo‘l chiptalari narxi oshmaydigan bo‘ldi
Bugundan oshirilishi kutilgan chipta narxlari qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq 20 oktyabrdan tezyurar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining chipta narxlari mos ravishda 50 va100 foizga oshirilishi xabar qilingandi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi matbuot kotibi Alisher Boltaboyevning maʼlum qilishicha, bu sanadan chipta narxlari oshirilmaydi. Ayni vaqt tashkilot stavkalarni qayta ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha chipta narxlari qachon va qanday qiymatda qimmatlashi aniq emas. Boltaboyevning so‘zlariga ko‘ra, jarayonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning qatnov narxlari 2 barobarga oshirilmasligi ham mumkin.







