O'zbekiston

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik bir ayol sabab mushtlashdi

To‘qnashuv Sankt-Peterburgdagi "Kattaqo‘rg‘on" kafesi yonida sodir bo‘lgan.

Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlik bir ayol sabab mushtlashdi

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 11 nafar o‘zbekistonlik bir ayol sabab mushtlashdi.

 

Qayd etilishicha, janjal 17-oktabr kuniga o‘tar kechasi shaharning Dostoyevskiy ko‘chasidagi "Kattaqo‘rg‘on" kafesi yaqinida sodir bo‘lgan.

 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ichki ishlar bo‘limiga 23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan sartarosh bo‘lib ishlayotgan 34 yoshli ayol olib borilgan. Ma’lum bo‘lishicha, to‘qnashuv aynan u sabab kelib chiqqan.

 

Janjal oqibatida ikki kishi bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va tanasining bir nechta qismidagi ko‘karishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hibsga olinganlarga nisbatan immigratsiya qonunchiligini buzganlik uchun oltita, mayda bezorilik uchun sakkizta bayonnoma tuzilgan. Bundan tashqari, tekshiruv natijalariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mojaroning to‘rt qo‘zg‘atuvchisi bezorilikda gumon qilinmoqda.

 

"Fontanka"ga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan o‘zbek oshxonasi bir necha bor mahalliy aholining shikoyatlariga sabab bo‘lgan. Yil boshidan buyon uning ustidan 20 ta shikoyat kelib tushgan. Yuqoridagi voqeaga qadar ham poliTsiya tomonidan uning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"