O'zbekiston

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi

Prezident uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi

 

20-oktyabr kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” “Qolmaqir” konida ko‘p yillar mehnat qilgan ekskavator mashinisti, mehnat faxriysi, O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

 

Jonsaid Turdiyev 1954-yil 20-iyun kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatni o‘tagach, Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 80-avtokorxonada haydovchi bo‘lib ish boshlagan. 1977-yildan mehnat faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida davom ettirib, qariyb o‘ttiz yil mobaynida “Qolmaqir” konida samarali xizmat qildi, ko‘plab shogirdlar tayyorlab, O‘zbekiston tog‘-kon sanoati rivojiga katta hissa qo‘shdi.

 

U jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib, Olmaliq shahar “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, faol targ‘ibotchi sifatida hududda islohotlarni amalga oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda jonbozlik ko‘rsatgan.

 

Jonsaid Turdiyevning davlat va xalq oldidagi xizmatlari yuksak e’tirof etilib, u 1998-yilda “O‘zbekiston Qahramoni” oliy unvoni hamda “Oltin yulduz” medali bilan mukofotlangan.

 

“Mamlakatimiz kon-metallurgiya sohasining taniqli vakili, samimiy va kamtarin inson Jonsaid Turdiyevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, — deyiladi ta’ziyada.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"