O'zbekiston

Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo‘yildi

Mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi yiliga 1 milliard 296 ming so‘m.

Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo‘yildi

 

Toshkent aeroportidagi mehmonxona auksionga qo‘yildi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".

 

Qayd etilishicha, Toshkent aeroportidagi mehmonxona to‘liq qurib bitkazildi va foydalanishga tayyor. U xalqaro aviaqatnovlar terminali jo‘nab ketish zalining steril hududida joylashgan va tranzit yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan.

 

"Uzbekistan Airports" kompaniyasi ijarachi – mehmonxona boshqaruvini to‘liq o‘z qo‘liga oladigan mehmonxona sohasidagi professionalni qidirmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Tegishli lot E-auksion.uz elektron platformasiga joylashtirilgan. Umumiy maydoni 240 kv.m. bo‘lgan mehmonxonaning boshlang‘ich bahosi yiliga 1 296 000 000 so‘m.

 

Veb-saytda joylashtirilgan texnik topshiriqlarga javob beradigan kompaniyalar ishtirok etishi mumkin. Arizalar qabul qilishning oxirgi muddati 30-oktabr.

 

Maʼlumot uchun, mehmonxona ikki qavatda 24 ta xonadan iborat bo‘lib, tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot nuqtasi, hammom va dushlar, 24 soatlik resepshn va parvozga individual taklif qilish tizimi mavjud. Mehmonxona taniqli rassom Bobur Ismoilov loyihasiga ko‘ra sharqona uslubda bunyod etilgan.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"