O'zbekiston

Yana metroda nosozlik: bu galgi manzil — Shaxhiston

Bugun mazkur metro bekatida yarim soatlik uzilish kuzatildi.

Yana metroda nosozlik: bu galgi manzil — Shaxhiston

 

Bugun, 23-oktabr kuni Toshkent metropolitenining Shahriston bekatida nosozlik kuzatildi. Toshkent metropoliteni DUK mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.

 

"Soat 09:46 lar atrofida Shahriston metro bekatining aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.

 

Holat yuzasidan tezkor ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.

 

Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda", — deyiladi izohda.

 

Korxona keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

 

Eslatib o‘tamiz, kecha Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari O.Xamroyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan jamoat transportida (metropolitenda) aholiga namunali xizmat ko‘rsatish ahvoli va boshqa masalalar bilan tanishib, masʼullarga kerakli ko‘rsatmalar berilishi taʼminlangandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"