Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi
Prezident O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida qatnashish uchun Buxoro shahriga bordi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga bordi.
Davlat rahbarining Buxorodagi tashrifi Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Ziyorat davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va yurtimiz ravnaqi tilab duo qilindi.
Bahouddin Naqshband maqbarasi islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan maskanda barpo etilgan.
Bugungi kunda majmua tarkibidan maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma hamda so‘fiylik tarixiga bag‘ishlangan muzey o‘rin olgan.








