Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi

Donald Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi

 

Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

 

AQSh Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondan yuborilgan ayvonlar AQSh tomonidan qabul qilib olingan. Donald Tramp sovg‘ani Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.

 

An’anaviy o‘zbek uslubida, nafis yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan ayvonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning ramzi sifatida bog‘ hududida qad rostlaydi. Ularni tashrif buyuruvchilar kuz oylarida tomosha qilishi kutilmoqda.

 

Ayvonlar AQShda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Amerika Qahramonlari Milliy bog‘i loyihasi doirasida G‘arbiy Potomak bog‘iga o‘rnatiladi. Mazkur loyihada taniqli amerikaliklarning taxminan 250 ta haykali, shuningdek, restoranlar, amfiteatr va boshqa obyektlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

 

AQSh Ichki ishlar vazirligi vakili Keti Martinning ta’kidlashicha, an’anaviy o‘zbek pavilyonlari ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam aloqalarning ramzi bo‘lib xizmat qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

custom img

O‘zbekiston va Pokiston bir qator sohalardagi loyihalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qiladi

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"