Izmir–Samarqand yo‘nalishida doimiy parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda
Reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Turkiyaning "Sunexpress" aviakompaniyasi Izmir – Samarqand – Izmir yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi.
Shaharlar oʻrtasida parvozlar 2023-yilning 12-noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing 737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.
"Sunexpress" aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan bo'lib, Turkiya va Yevropa bo'ylab muntazam va charter asosida yo'lovchi reyslarini amalga oshiradi.







