O'zbekiston

Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalar kaltaklandi

Holat viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalar kaltaklandi

 

Joriy yil 18-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tumanidagi xususiy bog‘chalarning birida bolalarning kaltaklangani aks etgan video tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Izohga ko‘ra, voqea Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli vakolatli tashkilot xodimlari hamkorligida o‘rganildi.

 

"O‘rganish davomida voqea Xonqa tumanidagi “Adolat Dinora orzulari” nodavlat taʼlim muassasasida sodir bo‘lgani aniqlandi.

 

Tarbiyachi Q.Z. tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani va ichki mehnat tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi", — deyiladi xabarda. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"