Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan ozod qilingani aytilmoqda
U bu lavozimga 2022*yil avgust oyida tayinlangan.

Tarmoqlarda Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan ozod qilingani aytilmoqda.
Aziz Voitov 1980-yilda tug‘ilgan, Toshkent moliya institutini "Soliq va soliqqa tortish" mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan (2001) hamda Oliy ishbilarmonlik maktabida "Biznes boshqaruvi" bo‘yicha tahsil olgan (2010).
Voitov o‘z vaqtida "O‘zbekiston sanoat-qurilish banki" ATB boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 2020-yil martidan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan. Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga 2022-yil avgust oyida tayinlangan.







