O'zbekiston

Fargʻonada psixotrop tabletka sotayotgan dorixona xodimi ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Fargʻonada psixotrop tabletka sotayotgan dorixona xodimi ushlandi

Samarqand va Fargʻona viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi.

 
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahri, Beruniy koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar S.SH. va I.M. fuqaro G.K.ga 1 000 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 18 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Shuningdek, Departamentning Furqat tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “K.H.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi M.M. fuqaro D.M.ga 61 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"