O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi sanoat loyihalari bilan tanishdi

Prezident Qashqadaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Qarshi shahridagi "Qavali" kichik sanoat zonasida joylashgan bir qator korxonalar bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Qarshidagi sanoat loyihalari bilan tanishdi

 

Sanoat zonasining yer maydoni olti gektar bo‘lib, muhandislik infratuzilmasi yaxshi tashkil etilgan, transportga juda qulay. Shu bois ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda.

 

Hozir bu yerda qurilish materiallari, mebelsozlik, to‘qimachilik, farmasevtika va charm sanoati yo‘nalishidagi 11 ta loyiha joylashtirilgan. Shundan to‘rttasi ishga tushirilgan bo‘lib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanmoqda.

 

Davlatimiz rahbari ulardagi ish jarayonini, mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

 

"Pegas" korxonasida temirni qayta ishlash, lak-bo‘yoq, eshiklar hamda tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyihaning qiymati 13 milliard so‘mdan ziyod bo‘lib, bu yerda 150 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab yuqori. Keyingi bosqichda qurilish sohasida muhim sanalgan boshqa xomashyolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada yana shuncha yangi ish o‘rni yaratiladi.

 

"1-son kompleks loyiha qurilish-montaj» xususiy korxonasi ham qurilish materiallariga ixtisoslashgan. Umumiy qiymati 18,5 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha yiliga qariyb 2 million kvadrat metr profnastil va 250 ming kvadrat metr sendvich panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada hozirda 45 kishi mehnat qilmoqda. Mahsulot hajmi ortishi evaziga kelgusida ish o‘rinlari soni ortishi mo‘ljallanmoqda.

 

"Karshi W and D Factory" korxonasida 50 turdagi eshiklar, yumshoq va qattiq mebellar ishlab chiqariladi. Bu loyihaga 8,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, Germaniya, Turkiya va Xitoydan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Korxonada 26 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

Sanoat zonasida yana yettita investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ular ishga tushsa, yana 725 nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

 

Prezidentimiz shu yerda Xitoy davlatidan keltirilgan zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarni ko‘zdan kechirdi. Tadbirkor Narzullo Namozovning aytishicha, 60 o‘rinli avtobuslarga talab yuqori. Qashqadaryoga undan 30 ta olib kelingan, jami 100 taga yetkazish rejalashtirilgan. Kelgusida bunday qulay avtobuslar Qarshi – Shahrisabz va Qarshi – Kitob yo‘nalishlarida qatnay boshlaydi.

 

Davlatimiz rahbari hunarmand-tadbirkor Dilorom Quvvatova bilan ham muloqot qildi. Uzoq yillar xorijda ishlagan bu ayol tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlarni eshitib, yurtimizga qaytib kelgan. Bugun uning boshchiligida tikilayotgan ko‘rpa-yostiq, to‘n va boshqa mahsulotlar vohada xaridorgir.

 

D.Quvvatova tadbirkorlik uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnunligini, kelgusida ish o‘rinlarini 300 taga yetkazishni maqsad qilganini aytdi.

 

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida 2024 yilga mo‘ljallangan investisiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, kelgusi yil to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoya va kreditlar evaziga jami 4 milliard dollarlik 36 ta yirik loyiha, 656 million dollarlik 114 ta hududiy loyiha shakllantirilgan. Ular neft-gaz, kimyo, to‘qimachilik, charm-poyabzal va qurilish sanoati, turizm, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida bo‘lib, asosan, mahalliylashtirish va qayta ishlashdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"