Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi
Bunga elektr tarmogʻidagi uzilishlar sabab boʻlgan.

Elektr taʼminoti favqulodda toʻxtatilishi munosabati bilan bugun, 25-oktabr kuni “Toshkent issiqlik markazi” MChJning 4-IM qozonxonasi ishlayotgan hududda issiq suv taʼminoti to'xtatiladi.
Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining 4-IM qozonxona faoliyat yurituvchi hududida joylashgan ayrim joylari (jami 892 ta obyekt) faoliyati to‘xtatiladi.
Issiq suv taʼminoti elektr tarmogʻidagi avariyaviy ishlar tugallangandan soʻng tiklanadi.







