O'zbekiston

Zoyir Mirzayev yangi lavozimga tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi

Viloyat hokimi matbuot kotibi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga izoh berdi.

Zoyir Mirzayev yangi lavozimga tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov bu xabarlarni rad etdi.

 

"Bu gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda o‘z ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band", — dedi u.

 

Viloyat hokimi matbuot kotibi tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini ham eslatib o‘tgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Zoyir Mirzayev 2021-yilning noyabridan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"