Biznes-trener Islom Ibrohimov qidiruvga berildi
U turli motivasion videolari bilan tanilgan.

Biznes-trener Islom Ibrohimov qidiruvga berildi. Bu haqda IIV rasmiy saytining qidiruvdagi shaxslar bo‘limida e’lon paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Islom Ibrohimov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandida ko‘rsatilgan jinoyatni (firibgarlik, juda ko‘p miqdorda) sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan.
Islom Ibrohimov "Business Invest" nomi bilan biznesga o‘rgatuvchi markaz ochib, tadbirkorlarga biznesni rivojlantirishni o‘rgatish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, YouTube'dagi sahifasi orqali turli motivasion videolari bilan tanilgan.







