O'zbekiston

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

 

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlar orasida turli soha va yo‘nalishlarda ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan fidoyi insonlar ham bor.

 

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning cho‘llarni o‘zlashtirish va dehqonchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.

 

Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon po‘lat erituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan G‘ulomjon Turonov “Xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu e’tirof metallurgiya sohasida mehnat qilayotgan ko‘plab mutaxassislarning fidokorona mehnatiga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

 

Shuningdek, paxtachilik va g‘allachilikda yuqori natijalarga erishib, o‘ziga xos mehnat maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini turli mavsumlarda parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikka ilg‘or texnologiyalarni joriy etayotgan qoraqalpog‘istonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yo‘qotishlarini kamaytirishga munosib hissa qo‘shayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari munosib baholandi.

 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatishda mehnat qilgan usta-naqqosh Sattorxo‘ja To‘xtaxo‘jayevga “Xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"