O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida so‘zlagan nutqida mamlakat taraqqiyotida turli soha vakillarining hissasi va mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijalariga to‘xtaldi.

 

Davlati rahbari mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahorati, shuningdek, islohotlar ijrosini har bir mahalla va xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘layotganini ta’kidladi.

 

Joylarda aholini ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.

 

— Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi — bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir! — dedi Prezident.

 

Davlatimiz rahbari fidoyi va bunyodkor vatandoshlarga, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi bo‘lgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

 

Inson qadri ulug‘langan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotgani ta’kidlandi.

 

So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihatlikda amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti barqaror va yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgani qayd etildi.

 

Xususan, o‘tgan davrda O‘zbekistonga 160 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya kiritildi. Iqtisodiyot hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi. Joriy yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 180 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

 

Sanoat, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi.

 

Ta’lim va tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish doirasida davlat va xususiy sektor ishtirokida 1,5 million o‘rinli zamonaviy maktablar, 342 ming o‘rinli bog‘chalar hamda 62 ming o‘rinli shifoxonalar foydalanishga topshirildi.

 

Aholining transport va kommunal sharoitlarini yaxshilash maqsadida 83 ming kilometr umumiy foydalanishdagi ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi.

 

8 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazildi, yana 11,5 million aholining suv ta’minoti yaxshilandi.

 

Uy-joy sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘tgan o‘n yil davomida 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi.

 

— Xalqimizda “Uyli bo‘lish — vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tarixiy obidalar va muzeylarga kirish 50 foizga arzonlashadi: kimlar uchun?

Tarixiy obidalar va muzeylarga kirish 50 foizga arzonlashadi: kimlar uchun?

Imtiyoz 1–30-noyabr kunlari amal qiladi.

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Issiqxonalarga yangi talablar: qattiq yoqilg‘i cheklanadi

Talablarga moslashish uchun issiqxonalarga muddat berilgan, ekologik modernizatsiya xarajatlarining bir qismi esa davlat tomonidan qoplanadi.

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

To‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabasiz o‘tkazish targ‘ib qilinmoqda

Yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, bandligini ta’minlash hamda sport va kasb-hunarga keng jalb qilish masalasi muhokama qilindi.

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi: bir guruh xodimlar mukofotlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, xodimlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: bunga nima sabab bo‘ladi?

Havo sifati xalqaro indeks bo‘yicha “noqulay” darajaga yetishi mumkin.

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ziroat Mirziyoyeva bolalar kelajagiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga bordi

Ko‘rgazmada bolalarning xavfsizligi, ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va kelajagini tanlash imkoniyati kabi masalalar yoritildi.

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

Liftga har oy texnik xizmat ko‘rsatilishi shart: yangi tartib belgilandi

2027-yil 1-yanvardan liftlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Botkin qabristonida devor qulab, qabr toshlariga zarar yetdi: qurilish to‘xtatildi

Buyurtmachi va pudrat tashkilotiga shikastlangan qabr toshlarini tiklash majburiyati yuklatildi.