O'zbekiston

Samarqandda 1000 dona psixotrop dori vositasini sotayotganlar ushlandi

Ular dorilarni 18 mln so‘mga pullayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Samarqandda 1000 dona psixotrop dori vositasini sotayotganlar ushlandi

 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi hamda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida "Zardeks" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotgan shaxslar ushlangan.

 

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Tadbirda fuqarolar S.Sh. va I.M. fuqaro G.K.ga 1000 dona "Zardeks" nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shuningdek, Departamentning Farg‘ona viloyati Furqat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.H.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi M.M. fuqaro D.M.ga 61 dona Zardeks nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Xavfli va sifatsiz nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash hamda muomaladan chiqarishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"