O'zbekiston

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin

Bu haqda ATTO to‘lov tizimi vakili maʼlum qildi.

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin

 

Toshkent metropoliteni bekatlarida yo‘lkirani qo‘lni skanerlash orqali to‘lasa bo‘ladigan tizim — Handpay ishga tushirilishi mumkin. U Face ID tizimi barcha bekatlarni qamrab olganidan so‘ng yo‘lga qo‘yilishi aytilmoqda.

 

Toshkent metropoliteni bekatlarida Handpay (qo‘lni skanerdan o‘tkazish orqali) to‘lash tizimi ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda ATTO to‘lov tizimi vakili ICTExpo ko‘rgazmasida maʼlum qildi.

 

Kompaniya bosh mutaxassis Otabek Alimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yangilik Transport vazirligi, UZINFOCOM kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

 

«Biz bugun ko‘rgazma doirasida Handpay tizimini namoyish etmoqdamiz. Bunda mijozlar skanerga qo‘lini ko‘rsatishi orqali to‘lovni amalga oshiradi. Bu xizmatdan foydalanish uchun ilovamizga Facepay [yo‘lkirani odam yuzi orqali to‘lasa bo‘ladigan tizim] kabi maʼlumotlarni kiritish kerak bo‘ladi, u esa hozirgi kunda Buyuk ipak yo‘li metro bekatida sinov tariqasida ishlamoqda. Shu bilan bir paytda aholining yangi tizim borasidagi fikrlari hamda takliflari o‘rganilmoqda», — dedi u.

 

Mutaxassis uning qachon yo‘lga qo‘yilishi borasida gapirarkan, Facepay tizimi barcha metro bekatlarini 100 foiz qamrab olib, odamlar o‘rganib olganidan so‘ng boshlanishini qayd etdi. Undan foydalanish haqida yo‘riqnoma ishlab chiqiladi.

 

sentyabr oyida Buyuk ipak yo‘li metro bekatining ikkala kirish qismida Face ID qurilmasini sinovdan o‘tkazish boshlangandi. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, boshqa bekatlarda ham bu tizim paydo bo‘lishi aytilgan.

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

custom img

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Montaj jarayonida kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sabab balkaga ortiqcha yuk tushib, uning sinishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"