"Bojxona hududida qayta ishlash — bojxona bojlaridan ozod hudud"
"Ohangaron quvur metallurgiya zavodi"da bojxona xodimlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ohangaron shahridagi "Ohangaron quvur metallurgiya zavodi"da "Bojxona hududida qayta ishlash — bojxona bojlaridan ozod hudud" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati tomonidan qayta ishlash korxona rahbarlari uchun tashkil etilib, Savdo-sanoat palatasi va Soliq boshqarmasi masʼul xodimlari ham ishtirok etishdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini rivojlantirish uchun davlatimiz tomonidan keng qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari kengaytirildi. Eng katta yengilliklardan biri mazkur jarayonlarni amalga oshirishda tadbirkorlar hech qanday bojxona to‘lovlari to‘lamaydi.

Berilgan imtiyozlardan unumli foydalanib “ATMZ” korxonasi tomonidan 10 ming tonna xom-ashyolar qayta ishlash bojxona rejimidan foydalangan holda AQSH hamda Tojikistonga 10 100 816 tonna, qiymati 6,5 million dollarga teng qayta ishlangan metall quvurlar mahsulotlarini eksportga bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Bu kabi berilayotgan imtiyozlar natijasida bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalanayotgan korxonalar soni ortib bormoqda.








