O'zbekiston

Bojxona uchun elektr energiyasi alohida shartlarga ko‘ra yetkaziladi

Elektr energiyasi maxsus tartibga ko‘ra, yetkazib beriladigan isteʼmolchi korxonalar ro‘yxatiga bojxona organlari kiritildi.

Bojxona uchun elektr energiyasi alohida shartlarga ko‘ra yetkaziladi

 

Vazirlar Mahkamasining «Bojxona maʼmuriyatchiligini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangani munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

 

Tashqi savdo aylanmasi hajmlari ortib borayotgani, transchegaraviy elektron savdoning rivojlanishi, shuningdek bojxona sohasini to‘liq raqamlashtirishga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sharoitlarida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi omillarni joriy etish lozim.

 

Prezidentning «Bojxona maʼmuriyatchiligini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq hujjat bilan amaldagi NHHga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

 

  • elektr energiyasi maxsus tartibga ko‘ra yetkazib beriladigan isteʼmolchi korxonalar ro‘yxatiga bojxona organlarini kiritish;

 

  • invoys asosida eksport qilishda oldindan to‘lovni 100 foizdan 50 foizga tushirish;

 

  • bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash mezoni asosida hosil qilingan qayta ishlash mahsulotini bojxona hududidan eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib chiqish;

 

  • tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda shartnoma bo‘yicha xorijiy hamkor mamlakat o‘zgarishi bilan bog‘liq qo‘shimchalarni bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etish talabini maqbullashtirish;

 

  • tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida tashqi savdo shartnomalari maʼlumotlariga qo‘shimcha kelishuvlarsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyatini yaratish.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"