G‘azoda otilgan raketa Misrning kurort shahriga tushdi
Voqea uchun javobgarlikni hech qaysi tomon zimmasiga olgani yo‘q.

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi janglarda otilgan raketa Misrning G‘azo sektoridan 220 km uzoqlikdagi kurort shahri Tabaga kelib tushdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, raketa Taba shahridagi tibbiyot muassasasiga kelib tushgan. Kamida olti kishi jarohatlangan.
Shaharga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni hali hech kim o‘z zimmasiga olgani yo‘q. Isroil harbiylari o‘z chegaralari tashqarisida sodir bo‘lgan voqeadan xabardor ekanini aytdi.
Taba Isroilning Qizil dengizdagi Eylat porti bilan Misr chegarasida joylashgan. Bu sayyohlar orasida mashhur joy. Shahar Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm al-Shayx kurortidan taxminan uch soatlik masofada joylashgan.





