O'zbekiston

Probatsiya nazoratidagi shaxslarga elektron braslet taqish va yechish tartibi belgilanmoqda

Senatorlar tomonidan “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqilib, maʼqullandi.

Probatsiya nazoratidagi shaxslarga elektron braslet taqish va yechish tartibi belgilanmoqda

 

2021 yilda probatsiya bo‘linmalari nazorati ostidagi shaxslar tomonidan 1086 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 845 tani, 2023 yilning 9 oyida esa 353 tani tashkil qilgan.

 

Taʼkidlanishicha, bugungi kunda sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish, ozodlikni cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish va majburiy jamoat ishlari jazolarini ijro etish, shuningdek, shartli hukm qilingan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat qilishni tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi huquqiy bo‘shliq va ayrim hollarda ziddiyatlarga olib kelmoqda.

 

Shu boisdan, qonun bilan probatsiyani amalga oshirish sohasidagi munosabatlar, jumladan probatsiya tizimining asosiy tushunchalari, probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqiy holati, probatsiya nazorati va ijtimoiy moslashtirish shakllarini qo‘llash tartibi, probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvorini baholash mezonlari, ularga nisbatan elektron kuzatuv vositasini qo‘llash masalalari tartibga solinmoqda.

 

Xususan, probatsiyani amalga oshirish sohasida Hukumat, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining vakolatlari aniq belgilab qo‘yilyapti. Probatsiya nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi subyektlar jumlasiga mehnat organlari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari, taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim tashkilotlari, Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalari kiritilmoqda.  

 

Shuningdek, qonunda probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish, jumladan, tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining vakolatlariga kirmaydigan ijtimoiy va huquqiy masalalar bo‘yicha probatsiya nazoratidagi shaxslarga tuman (shahar) probatsiya bo‘linmalarining yo‘llanmasi asosida davlat organlari tomonidan ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatilishi nazarda tutilmoqda.

 

Qonun bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat qilish uchun elektron kuzatuv (elektron braslet) vositasini taqish va yechish hamda foydalanish tartibi ham belgilanyapti. Jumladan, elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra elektron kuzatuv vositasini (elektron brasletni) taqish tavsiya etilmaydigan boshqa shaxslarga qo‘llanilishi mumkin emas.

 

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"