O'zbekiston

Senat "Yo‘l harakati to‘g‘risida"gi Qonunni maʼqulladi

Oliy Majlis Senatining 46-yalpi majlisida "Yo‘l harakati to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Senat "Yo‘l harakati to‘g‘risida"gi Qonunni maʼqulladi

 

Qayd etilishicha, qonun bilan yo‘l egasining huquq va majburiyatlari, transport vositalari egalarining yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida moddalar bilan belgilanmoqda.

 

Qonunga ko‘ra, yo‘l uchastkalarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash yoki taʼmirlash bo‘yicha ishlar bajarilayotganda yo‘lning mazkur uchastkalaridagi qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi o‘tish uchun cheklanishi yoki yopilishi mumkin. Yo‘l uchastkalarida qatnov qismining 50 foizidan ko‘prog‘ini yopish zarur bo‘lgan taqdirda mazkur yo‘l uchastkalarini aylanib o‘tish taʼminlanishi kerak. 

 

Qonun bilan ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarning belgilangan chegaralarida to‘xtab turish joylarini qurish to‘g‘risidagi qarorlar hududni rejalashtirish bo‘yicha tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinishi belgilanmoqda. Bunda qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. To‘xtab turish joylarini joylashtirish ekologik xavfsizlikni taʼminlash hamda atrof-muhitga, aholining sog‘lig‘i va osoyishtaligiga salbiy taʼsirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshirilishi qayd etilmoqda.

 

Qonun bilan elektr dvigatelda ishlaydigan transport vositalari uchun alohida joylar ajratilishi va bunday joylarda elektr quvvat manbalariga ulanish imkoniyati yaratilishi mumkinligining belgilanmoqda.

 

Shuningdek, pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar, pulli to‘xtab turish joylari egalarining huquq va majburiyatlari ham alohida modda bilan belgilanmoqda.

 

Majlisda yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga alohida urg‘u berilib, Qonunda transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi normalar hamda haydovchilarni tayyorlashga doir talablar belgilanayotganligi, transport vositalarini boshqarish huquqi qaysi hollarda bekor qilinishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilganligi qayd etildi.

 

«Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"