O'zbekiston

Toshkentdagi “Ecobozor"da yong‘in chiqdi

Yong‘inni bartaraf etish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan.

Toshkentdagi “Ecobozor"da yong‘in chiqdi

 

Toshkent shahrida joylashgan “Ecobozor”da yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan FVV Axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Bugun, 28 oktyabr kuni soat 06:58 atrofida Shayhontohur tumani “Bo‘ston” MFYBeruniy ko‘chasida joylashgan “Ecobozor” majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga хабар tushgan.

 

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:04 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:19 o‘rab olingan va soat 07:26 da o‘chirilgan.

 

Yong‘in natijasida savdo majmuasining 80 kv.m tashqi devor qoplamasi qismi va shu joydagi kafening 70 kv.m maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan. Majmuaning 7000 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"