O‘zbekistonda zo‘ravonlik jinoyatlari qariyb 150 foizga oshgan
BP bu bo‘yicha raqamlarni ochiqladi.

O‘zbekistonda zo‘ravonlikka oid jinoyatlar oxirgi uch yillikda 140 foizga ortgan. Bu haqda Bosh prokuraturaning katta prokurori Laylo Fayzimurodova maʼlum qildi.
Zo‘ravonlikka oid jinoyatlar oxirgi uch yillikda 140 foizga oshgan. Bu jinoyatlar natijasida zo‘ravonlik qurbonlari 137 foizga ortgan. Bunda bolalarning aksariyat holatda zo‘ravonlikka uchrayotgani begona shaxslar tomonidan bo‘lmoqda.
7 yoshgacha zo‘ravonlikka uchragan bolalar 1,3 foizni, 16 yoshgacha bo‘lganlar 17 foizni va 18 yoshgacha bo‘lganlar 6 foizni tashkil etadi.







