O'zbekiston

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”da yangi tariflar joriy etildi

“Navoiyazot” AJ uchun 1 kVt·soat elektr energiyasi narxi QQS bilan birgalikda 676 so‘m miqdorida tasdiqlandi.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”da yangi tariflar joriy etildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasining 2023-yil 27-oktabrdagi 18-sonli bayonnomasi asosida “Navoiy issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladigan elektr va issiqlik energiyasi uchun yangi tariflar belgilandi.

 

Mazkur qarorga muvofiq, ishlab chiqarish tariflari quyidagicha tasdiqlandi:

  • “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun 1 kVt·soat elektr energiyasi qiymati 2023-yil 31-dekabrgacha qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan birgalikda 537 so‘m, 2024-yil 1-yanvardan esa 557 so‘m etib belgilandi.
  • “Navoiyazot” AJ uchun 1 kVt·soat elektr energiyasi narxi QQS bilan birgalikda 676 so‘m miqdorida tasdiqlandi.
  • Issiqlik energiyasi uchun 1 Gkal narxi QQS hisobga olingan holda 315 000 so‘m etib belgilandi.

 

Yangi tariflar mamlakat energetika tizimida iqtisodiy samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini muvozanatlashtirish hamda energiya ta’minoti barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"