O'zbekiston

O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lsa, avtomobillar narxi pasayishi mumkin

O‘zbekistonda avtomobillar sonida o‘sish kuzatilayotganiga qaramay, avtoulovlarning narxi Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlariga qaraganda qimmatligi qayd etilgan.

O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lsa, avtomobillar narxi pasayishi mumkin

 

Markaziy bank 2023 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha tayyorlagan «Moliyaviy barqarorlik sharhi»da keltirilishicha, O‘zbekistonning jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi avtomashinalar narxlari pasayishiga sabab bo‘lishi mumkunligi haqida maʼlumot bergan.

 

Qayd etilishicha, kelgusida mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi natijasida import uchun bojxona tariflarining qisqarishi, shuningdek O‘zbekistonda qo‘shimcha avtoulov ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi avtoulov bozoridagi taklif hajmini ortishiga xizmat qiladi. Bu esa, ichki bozorda avtoulov narxlarining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

2023 yil boshiga ko‘ra, 2022 yilga nisbatan mamlakatda mavjud yengil avtoulovlar soni 11 foizga o‘sgan. 2023 yil birinchi yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha har 1000 nafar doimiy aholiga 94 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan sakkiztaga ko‘p.

 

Mamlakatda avtomobillar sonida o‘sish tendensiyalari kuzatilayotganiga qaramay, ushbu ko‘rsatkichning Markaziy Osiyo, Kavkaz va boshqa davlatlar orasida nisbatan past ekanligi avtoulovlar bozorida qondirilmagan talab miqdorining yuqori ekanligidan dalolat bergan.

 

Avtoulov narxlarining arzonlashishi natijasida tijorat banklari tomonidan avtokreditlar ajratishda garov sifatida qabul qilingan avtoulovlarning bozor qiymati kamayadi. Bunda, ajratilgan avtokreditlar yetarlicha garov taʼminoti bilan taʼminlanmasligi yuzaga kelishi mumkin.

 

Natijada, qarz oluvchilarda kredit to‘lashdan ko‘ra garovdan voz kechish ehtimoli yuqorilab, tijorat banklarida avtokreditlar bo‘yicha muammoli kreditlarning ulushi va kredit yo‘qotishlari hajmining ortishi kuzatiladi mumkin.

 

«Moliyaviy barqarorlik sharhi»da qayd etishilishicha, avtoulov bozorida narxlarning keskin arzonlashishi tufayli jami kredit portfelida avtokreditlar ulushi yuqori bo‘lgan banklarda yirik kredit yo‘qotishlari yuzaga kelishi mumkin. Jami kredit portfelida avtokreditlar ulushi yuqori bo‘lgan banklarning bank tizimida sezilarli ahamiyatga ega ekanligi inobatga olinsa, ushbu banklarda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar bank tizimi uchun qo‘shimcha tizimli xatarlarni yuzaga keltirishi mumkin.

 

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"