Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
Bu haqda "O‘zA" xabar berdi.

Sardor Rahimxon “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "O‘zA" xabar berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi aʼzolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda «Yurak amri» nomli xayriya ishlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) Fond rahbari o‘rinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlangani eʼlon qilindi.







