O'zbekiston

Toshkent — Istanbul yo‘nalishidagi beshta reys bekor qilindi

"Uzbekistan Airports" buning sababini maʼlum qildi.

Toshkent — Istanbul yo‘nalishidagi beshta reys bekor qilindi

 

Ro‘yxatdan o‘tish tizimidagi nosozlik tufayli Turkish Airlines aviakompaniyasining 1 va 2 noyabrga rejalashtirilgan beshta reysi bekor qilingan. Bu haqda Uzbekistan Airports AJ matbuot xizmati xabar berdi.

 

Kompaniya telegram-kanalida bekor qilingan reyslarning ro‘yxati eʼlon qilingan.

 

1 noyabr:

 

THY-4331 Toshkent — Istanbul;

THY-370 Istanbul — Toshkent;

THY-364 Istanbul — Toshkent.

 

2 noyabr:

 

THY-371 Toshkent — Istanbul;

THY-365 Toshkent —​ ​Istanbul.

 

Maʼlum bo‘lishicha, tizimda nosozlik kuzatilgunga qadar 1 noyabrga belgilangan Toshkent — Istanbul yo‘nalishidagi THY-4331 reysiga 70 nafar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tishga ulgurgan. Parvozlar bekor qilishgach, ushbu yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan.

 

Uzbekistan Airports parvozlar haqida qo‘shimcha maʼlumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilishni tavsiya etgan.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"