O'zbekiston

Bitmay to‘kilayotgan binolar: Toshkent viloyatidagi 150 ta obyektda ishlar sifatsiz bajarilgan

Bundan tashqari, 106 ta obyektda 4,8 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlari fosh etilgan.

Bitmay to‘kilayotgan binolar: Toshkent viloyatidagi 150 ta obyektda ishlar sifatsiz bajarilgan

 

Toshkent viloyati prokuraturasi organlari huzurida tuzilgan hududiy shtablar tomonidan qurilish ishlari sifati va hajmlarining haqqoniyligi o‘rganilib, 150 ta obyektda sifatsiz bajarilgan 10,6 milliard so‘mlik  ishlar aniqlangan. Bundan tashqari, 106 ta obyektda 4,8 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlari fosh etilgan.

 

Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi yig‘ilishida maʼlum qilindi.

 

Nazorat tadbirlari davomida prokuratura organlari tomonidan 21,9 milliard so‘mlik 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 14,4 milliard so‘m miqdoridagi zarar qoplangan.

 

Viloyatdagi har bir obyektning loyiha-smeta hujjati qayta o‘rganilishi natijasida 994 ta loyihadan 216,8 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ byudjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olingan.

 

Avvalroq Olmaliqda zilzila talablariga javob bermaydigan “dom” qurilishi to‘xtatilgandi. Shuningdek, bir muddat oldin Chirchiq shahridagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurib topshirilganiga ko‘p bo‘lmagan ko‘p qavatli uyning bir tomonga qiyshayib, “yonboshlab” qolgani kuzatilgan, qurilish vazirligi o‘n kun muddatda muammo bartaraf etilishini vaʼda qilgan edi. 

 

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"