O‘zbekiston Fransiyadan 10 ta tibbiy vertolyot sotib olmoqda
Mamlakatning tog‘li va chekka hududlarida tibbiy aviatsiya xizmati tashkil etiladi.

O‘zbekiston Fransiyadan 10 ta tibbiy vertolyoti sotib olmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Xabarga ko‘ra, vazir A. Inoyatov Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Fransiya biznes forumida qatnashib, “Airbus Helicopters” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashgan.
Muzokara davomida Respublika tez tibbiy yordam tizimi uchun 10 ta “Airbus N-145” rusumli tibbiy vertolyotlarni xarid qilish hamda mamlakatda Yevropa standartlariga mos tibbiy aviatsiya xizmatini tashkil etish, bu sohaning moddiy-texnika bazasini yaratish hamda mutaxassislar tayyorlash, tog‘li va chekka hududlarda tibbiy aviatsiya xizmatini tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqish istiqbollarini muhokama qilgan.
O‘zbekistondagi tez tibbiy yordam tizimi uchun Fransiyaning “Airbus Helicopters” kompaniyasidan 10 ta tibbiy vertolyotlari xarid qilinadi.







